Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa kengashi rasman Rossiyani a’zolikdan chiqardi

Yevropa kengashi rasman Rossiyani a’zolikdan chiqardi

Foto: «Coe.int»

Yevropa kengashining Vazirlar qo‘mitasi rasman Rossiyani a’zolikdan chiqardi. Bu haqda tashkilot saytida e’lon qilindi.

Rossiyaning tashkilotga a’zoligi 16-martdan to‘xtatildi.

Yevropa kengashining Strasburg (Fransiya)dagi shtab-kvartirasi oldidagi Rossiya bayrog‘i tushirildi.

Kecha, 15 mart kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa kengashi bosh kotibiga tashkilotdan chiqish to‘g‘risidagi xatni taqdim etgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring