Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Facebook» siz haqingizda nimalarni biladi?

«Facebook» siz haqingizda nimalarni biladi?

Foto: «Layfxaker»

«WhatsApp» messenjeri asoschilaridan biri Brayan Ekton «Facebook» ijtimoiy tarmog‘iga qarshi baykot e’lon qildi va #deletefacebook xeshtegining ommalashishiga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, «Facebook» atrofidagi mojarolar «Cambridge Analytica» kompaniyasi Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi uchun 50 milliondan ortiq foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlaridan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgach yuzaga keldi. Norozilik aksiyasi ko‘plab insonlar qo‘llab-quvvatladi, jumladan, «Tesla» va «SpaceX» asoschisi Elon Mask ham.

Agarda akkauntingizni o‘chirib tashlashni istamasangiz nima qilishingiz kerak? «Layfxaker» bu boradagi maslahatlari bilan bo‘lishadi. Buning uchun avvalo profilingizni to‘g‘ri sozlab olishingiz darkor.

  • Sahifangizga kiring;
  • Sozlamalar bo‘limini oching;
  • Pastda turgan «Facebook»dagi ma’lumotlaringizdan nusxa ko‘chirish» bandiga bosing;
  • Yangi oynadagi «Arxivni shakllantirish»ga bosib, parolni kiriting va kuting;
  • Biroz vaqtdan so‘ng sizga xabar keladi, arxivni yuklang;
  • «Index.html» faylini ochganingizda «Facebook»ning oflayn-versiyasiga o‘tasiz va u yerda sizning profilingiz haqidagi ma’lumotlar bo‘limlarga bo‘lingan holda taqsimlanadi. Chap tomonda joylashgan «Profil» sahifasida o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni ko‘rishingiz mumkin: pochta, manzil, qiziqishlaringiz. Umuman olganda anketani to‘ldirish vaqtida kiritgan barcha ma’lumotlaringiz.
  • «Kontaktlar» sahifasida telefoningiz xotirasidagi raqamlarni va ularning tarixini ko‘rishingiz mumkin;
  • «Xronika»dan esa chop etgan postlaringiz jamlanmasi o‘rin olgan;
  • «Do‘stlar» sahifasida kimlarning do‘stligini qabul qilmaganingiz haqida ma’lumotlar bor;
  • «Xavfsizlik» bandi orqali o‘z profilingizga qanday qurilmalar orqali kirganingizni ko‘rishingiz mumkin;
  • «Ads» ilovasida qaysi guruhlarga a’zo ekanligingiz joylashgan.

Siz bu yerdagi ma’lumotlar orqali ijtimoiy tarmoqdagi faolligingizni tahlil qilib, istagan ma’lumotingizga o‘zgartirish kiritishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring