Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘ona viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Habib Sirojitdinov Farg‘ona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
 
Tayinlovga qadar X.Sirojitdinov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
 
U 1986 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
 
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning Farg‘onaga tashrifi davomida viloyat hokimining avvalgi birinchi o‘rinbosari A.O‘rinboyev egallab turgan lavozimidan ozod qilingan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring