Farg‘onada ham bir necha bemor koronavirusdan tuzaldi

Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ham koronavirus infeksiyasiga chalingan 4 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sog‘ayganlarning uch nafari (ikki nafari Toshkent shahridan, bir nafari esa Andijon viloyatidan) charter reys orqali Turkiyadan Farg‘onaga kelgan bo‘lib, Oltiariq faxriylar sanatoriysida karantinga olingan edi. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Bir nafar farg‘onalik bemor koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirgan. Bemorlarning 3 nafari erkak, bir nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 59 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.
Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 2 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 6 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 168 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter