Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada qalbaki yog‘ ishlab chiqaruvchi sex fosh etildi

Farg‘onada qalbaki yog‘ ishlab chiqaruvchi sex fosh etildi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tuman bo‘limi tomonidan DXX, DSI va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro X.X. yashash xonadonida yashirin sex tashkil qilib, «T.e.» MChJning mahsulot yorlig‘idan foydalangan holda qalbaki yog‘ mahsulotlarini qadoqlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, jami 2 000 dona yelim idishlardagi 1,8 tonna iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring