Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Fiorentina» sardori Astori 31 yoshida vafot etdi. A seriya o‘yinlari bekor qilindi

«Fiorentina» sardori Astori 31 yoshida vafot etdi. A seriya o‘yinlari bekor qilindi

Foto: Eurosport

«Fiorentina» klubi sardori, himoyachi David Astori 31 yoshida jon taslim qildi.

Futbolchi bugun «Udineze» bilan o‘yinda maydonga tushishi lozim edi. Klub ushbu voqea to‘satdan yuz berganini bayon qilgan.

Shu munosabat bilan bugun o‘tishi lozim bo‘lgan A seriya o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirildi. Bugun «Djenoa» – «Kalyari», «Atalanta» – «Sampdoriya», «Benevento» – «Verona», «Torino» – «Krotone», «Udineze» – «Fiorentina», «Kevo» – «Sassuolo» hamda «Milan» – «Inter» o‘yinlari o‘tkazilishi lozim edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring