Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«UzCard» telegramda uya qurgan firibgarlardan ogohlantirdi

«UzCard» telegramda uya qurgan firibgarlardan ogohlantirdi

Foto: «uzcard.uz»

«UzCard» barcha plastik karta egalarini firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun hushyor bo‘lishga chaqirdi.

— Bugun «Telegram» tarmog‘ida paydo bo‘lgan plastik karta bilan bog‘liq firibgarlikka e’tiboringizni karatmoqchimiz, — deyiladi xabarda. — Biz tomonimizdan shubhali kanallar topildi. Unda mobil ilovalar orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan noqonuniy biznesga chorlash maqsadida e’lonlar joylashtirilgan. E’londa «kartadan kartaga pul o‘tkazish» xizmati orqali mablag‘ o‘tkazish so‘ralib, bu summani ma’lum vaqtda 20 foizga ko‘paytirib berishni va’da qilishgan. Bu holatda o‘z pullaringizni yo‘qotishingiz ehtimoli juda katta.

Foydalanuvchilar bu kabi boshqa e’lon yoki chaqiruvlarga duch kelishganida «UzCard» ma’muriyatiga xabar berishlari so‘ralgan.

Ehtiyot bo‘ling, bunday shubhali xizmatlarga ishonganlarning internet-firibgarlar qarmog‘iga ilinishi turgan gap.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring