Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Frigiya vodiysi: kashf qilinmagan Onado‘li tuproqlari

Frigiya vodiysi: kashf qilinmagan Onado‘li tuproqlari

Turkiyaning har bir burchagida qadimiy tarix, tabiiy go‘zallik va madaniy boylikning o‘ziga xos uyg‘unligi ufurib turadi va kashf etilishini kutayotgan ulkan yashirin xazinalar mavjud. Burdurning yam-yashil tepaliklaridagi Sagalassosning qadimiy xarobalaridan tortib Turkiyaning o‘rta-g‘arbiy qismidagi frigiyaliklarning mistik merosigacha bo‘lgan joylar kashfiyot va hayratga to‘la unutilmas tajribalarga boydir.

Jumladan, Frigiya ham qadimgi Onado‘li tamaddunlaridan birining beshigi bo‘lgan. Bu yerda, bronza davrining oxirida, miloddan avvalgi 6-asrgacha bo‘lgan davrda sirli Frigiya qirolligi paydo bo‘lgan.

Frigiya vodiysi esa ulkan hudud bo‘lib, Eskishehir, Kutahya, Afyon va Anqara viloyatlarida ushbu madaniyat merosining izlari mavjud.

Qadimgi frigiyaliklar metallga ishlov berish, kulolchilik va to‘qimachilikda o‘zlarining mahoratlari bilan mashhur edilar. Qaysidir ma’noda, ular hatto qadimgi antik davrning moda yo‘nalishlarini yaratuvchilariga aylandilar va dunyoga, masalan, mashhur qizil Frigiya qalpoqchasini bergan. Shu bilan birga, ular o‘zlarining original yozuvlarini ishlab chiqqanlar.

Eskishehir viloyatining Yazılikaya shahridagi monumental ibodatxona majmuasi qurilishida frigiyaliklarning afsonaviy qiroli Midasning hissasi bor, deyishadi. U qadimgi frigiyaliklarning ona ma’budasi hisoblanmish Kibelaga bag‘ishlangan deb ishoniladi. Majmua markazida frigiy tilidagi murakkab barelef va yozuvlar bilan bezatilgan tuf qoyasi joylashgan.

Turkiyadagi eng uzun yo‘laklardan biri bo‘lgan Frig yo‘li bilan frigiyaliklarning tarixiy vatanlarida qolgan izlarini kuzatib borish mumkin.

Frigiya yo‘lini boshlash uchun uchta muqobil hudud bor - Gordion, Seydiler va Yenije fermasi. YuNESKOning Turkiyadagi eng so‘nggi meros ob’yektlaridan biri bo‘lgan Gordion Frigiyaning siyosiy va madaniy poytaxti sifatida tanilgan. Bu, shuningdek, Frigiya qalpog‘i o‘yilgan tasvirda paydo bo‘lgan birinchi joy. Eng tarixiy maskanlari orasida o‘zining ajoyib ulkan qoya toshlar bilan mashhur Seydiler va Ayazida Frigiya aholi punktlari, Frigiya qoya qabrlari va yodgorliklari joylashgan Go‘ynush vodiysi bor. Kutahyadagi Yenije fermasida qoyatoshdan yasalgan Deliktosh va Penteser qal’alari tarixsevarlarning eng sevimli maskaniga aylandi. Qayerdan boshlanishidan qat’iy nazar, yo‘llar Frigiyaliklarning eng muhim aholi punktlaridan biri bo‘lgan Eskishehirdagi Yazilikayada birlashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring