G‘afur G‘ulom bog‘i qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zolari G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, bugungi kunda «BMP Smart Decision Private Limited» xorijiy kompaniyasi tomonidan bog‘ hududida rekonstruksiya qilish, bino inshootlarini qurish va xorijdan olib kelingan attraksionlar hamda o‘yin qurilmalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda va shu maqsadda 71 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan.
G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i joriy yilning birinchi sentyabridan ishlay boshlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter