«Galaxy S9+»ning tannarxi hisoblandi: insof ham kerak-da, «Samsung»!

«Samsung» kompaniyasi yaqinda o‘zining «Galaxy S9» hamda «S9+» flagmanlarini taqdim etdi. Ularning funksiyalari, xususiyatlari bilan bir qatorda, narxi ham yuqori. Xo‘sh, aslida, shu modellarga mansub smartfonlarning tannarxi qanchaga tushadi? «Terabayt» nashri bu savolga javob qidirib ko‘rdi.
«TechInsights» kompaniyasi mutaxassislari bu masalaga jiddiy yondashishdi va «Samsung Galaxy S9+» smartfonini qismlarga ajratib, butlovchi qismlarining narxlarini hisoblashdi.
Aniqlanishicha, 840 AQSh dollari narxida savdoga chiqarilgan bu modelning tannarxi aslida 379 AQSh dollariga teng ekan! Bu – janubiy koreyalik texnogigant mazkur smartfoniga ikki baravardan oshiq narx qo‘yib sotyapti, deganidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter