G‘arbiy Sohilda isroilliklar sodir etayotgan zo‘ravonlik rekord darajaga yetdi — BMT boshqarmasi
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (OHCHR) G‘arbiy Sohilda vaziyat yomonlashgani, isroillik ko‘chmanchilar tomonidan sodir etilgan zo‘ravonlik rekord darajaga yetganini xabar qildi.
Boshqarma hisob-kitoblariga ko‘ra, 2026-yil boshidan 24-iyulgacha u yerda 76 falastinlik va bitta isroillik halok bo‘lgan, bir haftadan kamroq vaqt ichida esa yana sakkiz falastinlik va ikkita isroillik vafot etgan.
OHCHR ta’kidlashicha, HAMAS guruhi Isroilga hujum qilgan 2023-yildan beri ko‘chmanchilar tomonidan falastinliklarga qilingan hujumlar soni barqaror ravishda oshib bormoqda. O‘tgan yili ko‘chmanchilar 1800 dan ortiq hujum uyushtirishgan. 2026-yilning dastlabki oylarida bunday hodisalar soni oyiga 190 taga yetdi va umuman olganda yil davomida ularning soni 2000 dan oshishi mumkin.
G‘arbiy Sohil Falastin aholisi va Isroil ko‘chmanchilari o‘rtasida qizg‘in kurash hududidir. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda zo‘ravonlikning ko‘payishi «Isroil hukumati yangi aholi punktlarini qurishni ma’qullashda davom etayotgani» sababli sodir bo‘lmoqda.
«Ko‘chmanchilar va Isroil xavfsizlik kuchlari ko‘pincha birgalikda harakat qilib, mahalliy jamoalarga hujum qilishgan, oilalarga hujum qilishgan, mulkni vayron qilishgan va musodara qilishgan hamda masjidlarni yoqib yuborishgan», dedi BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarligi vakili Ravina Shamdasani.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter