Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azoda qurbon bo‘lganlar soni 16 ming kishiga yaqinlashmoqda

G‘azoda qurbon bo‘lganlar soni 16 ming kishiga yaqinlashmoqda

G‘azo Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil hujumlari boshlangandan beri halok bo‘lganlar soni 16 mingga yaqinlashmoqda.

Aytilishicha, 7-oktyabrdan beri G‘azo sektorida 15 899 kishi halok bo‘lgan.

Jumladan, yakshanba kungi so‘nggi yangilanishdan buyon Isroilning zarbalari natijasida 349 kishi halok bo‘lgan.

Halok bo‘lganlarning 70 foizi ayollar va bolalar ekani aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 1-dekabr sanasida bir necha kunlik tinchlikdan so‘ng, Isroil HAMASni sulhga amal qilmaslikda aylab, harbiy harakatlarni boshlagandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring