Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gimnastika federatsiyasiga yangi prezident saylandi

Gimnastika federatsiyasiga yangi prezident saylandi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Bugun, 4-aprel kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ axborot xizmati xabar berdi.

Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport ishlari vaziri Shoakram Isroilov, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov, shuningdek, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi mutasaddi xodimlari ishtirok etishdi.

Konferensiyani O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Ruslan Mustayev ochib berdi va kun tartibi bilan tanishtirdi. Unga ko‘ra, asosiy masala O‘zbekiston gimnastika federatsiyasiga yangi prezident saylab olish edi. Bungacha «Yoshlar ittifoqi sport markazi» ma’suliyati cheklangan jamiyat direktori lavozimda faoliyat olib borgan mutaxassis, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Abdullayeva Zarrina A’zamovna O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimiga ko‘pchilik ovoz bilan saylandi.

Konferensiya davomida shuningdek, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti sifatida ishlab kelgan Ruslan Mustayev va federatsiya bosh kotibi sifatida faoliyat ko‘rsatgan Gyozella Fillipova o‘z lavozimlaridan iste’foga chiqishdi. Endi federatsiyaning yangi rahbari ularning o‘rniga munosib mutaxassislar nomzodini ko‘rib chiqishi lozim bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kichik qizi Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimidan ketgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring