«GM Uzbekistan» tomonidan «Tracker» avtomobili yig‘ildi

«GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyati «GM Korea» bilan hamkorlikda kompaniyaning Toshkent shahridagi filialida «Tracker» modelini yirik uzelli yig‘ish ishlarini olib bormoqda. Bu «O‘zavtosanoat» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu modelni ishlab chiqarishni amalga oshirish, shuningdek Toshkent shahridagi «GM Uzbekistan» filialiga uskuna va butlovchi qismlarni yetkazib berish uchun «GM Uzbekistan» va «GM Korea» o‘rtasida bir qator shartnomalar imzolangan. Sinov ishlab chiqarish doirasida ayni damda 28 dona «Tracker» avtomobili yig‘ildi.
Xabarda ma’lum qilishicha, «Tracker» avtomobilini dastlabki yirik uzelli yig‘ish muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi sanasi, shuningdek avtomobil xususiyatlari va narxlari haqida batafsil ma’lumot barcha ishlab chiqarish jarayoni yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter