Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Go‘sht, shakar va guruch narxi oshdi

Go‘sht, shakar va guruch narxi oshdi

Foto: «Kun.uz»

O‘zbekistonda bir oy ichida go‘sht, shakar va ayniqsa, guruch narxi sezilarli oshdi. Boshqa oziq-ovqat mahsulotlari narxida o‘zgarish u qadar katta bo‘lmagan. Buni Davlat statistika qo‘mitasi taqdim etgan yangi ma’lumotdan ko‘rish mumkin.

2019-yil 25-yanvar holatiga ko‘ra taqdim etilgan yangi ro‘yxatda 1 kg. mol go‘shtining minimal narxi bir oy avvalgidan 2 ming so‘mga ko‘tarilib, 28 ming so‘mni tashkil etdi. Maksimal narxi esa 55 ming so‘m bo‘ldi. Dekabr oxiridagi ma’lumotda 1 kg. mol go‘shtining eng qimmati 40 000 so‘mgacha deb ko‘rsatilgandi (15 ming farq).

Oziq-ovqat mahsulotlari orasida bir oy ichida sezilarli qimmatlash guruchda kuzatildi. Bir oy avval guruch narxi 4000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha deb qayd etilgan bo‘lsa, yangi ro‘yxatda 5000 so‘mdan 25 000 so‘mgacha ko‘tarildi.

Shakar narxi bir oy avval 4 200 so‘mdan 5 500 so‘mgacha kuzatilgan bo‘lsa, hozir 4 500 so‘mdan 6000 so‘mgacha narxlanmoqda.

Boshqa oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxida u qadar katta o‘zgarish bo‘lmagan.

Davlat statistika qo‘mitasi ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste’mol narxlari ma’lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan olinganini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring