Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Guliston tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

Guliston tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

Ayni damda Guliston tumani hokimligida Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Unda Guliston tumani hokimi lavozimiga Begimqulov Saydimqul Shoimqulovich tasdiqlandi.

Saydimqul Begimqulov 1969-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1993-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

U 2012-yildan bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi Sirdaryo viloyati filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Avvalroq, G‘ijduvon tumani hokimi o‘zgargani haqida xabar bergandik. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring