Gulnoza Matniyazova professional sportchilik faoliyatini yakunladi
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng o‘zbekistonlik dzyudochi Gulnoza Matniyazova professional sportchilik faoliyatini rasman yakunlaganini e’lon qildi.
Bir necha kundan so‘ng 30 yoshni qarshi oladigan sportchi Rio-2016, Tokio-2020 va Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari, 3 ta Osiyo o‘yinlari, jahon chempionatlari, «Katta dubulg‘a» va Gran-pri musobaqalarida O‘zbekiston sharafini himoya qilib kelgan. 2021 yilda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.
Ta’kidlab o‘tish kerak, kecha, 3-avgust kuni Gulnoza Matniyazova Olimpiya o‘yinlari doirasida aralash jamoaviy dasturda 3 ta terma jamoa vakillariga qarshi bahsda barcha bellashuvlarda g‘alaba qozondi va sportchilik faoliyatini yuqori notada yakunladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter