Gurbanguli Berdimuhamedov bahorda O‘zbekistonga keladi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov joriy yilning bahorida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Shiri Shiriyev xabar qildi.
Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasida tashkil etilgan anjuman davomida Shiri Shiriyev 2017-yilda turkman-o‘zbek munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilganini ham alohida ta’kidladi.
Eslatib o‘tish kerak, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Turkmanistonga 3 marta safar qilgan — 6-mart, 19-may va 17-sentabrda ushbu davlatga tashrif buyurgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter