Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hasanboy Do‘stmatov Osiyo chempionati finaliga chiqdi

Hasanboy Do‘stmatov Osiyo chempionati finaliga chiqdi

Bugun, 10-noyabr kuni Iordaniyada boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarimfinal bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

-51 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Hasanboy Do‘stmatov yarimfinalda Mo‘g‘uliston vakili Harkhu Enhmandahga qarshi ringga ko‘tarildi.

Birinchi raund faolroq jang qilgan mo‘g‘ulistonlik bokschi hisobiga yozildi. Keyingi ikki raundda Hasanboy to‘liq ustunlik qilib, so‘nggi raundda raqibini nokdaun holatiga tushirdi.

Yakunda hakamlar bir ovozdan Do‘stmatovning g‘alaba qozonganini qayd etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring