«Hech kimga kechirimlilik qilinmaydi» – Bosh prokuratura

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i, adliya katta maslahatchisi Sodiqjon Berdialiyev AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda karatin qoidalariga amal qilmaganlarga nisbatan qonun va o‘rnatilgan tartibning eng og‘ir jazosi qo‘llanilishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
«Hozirgi vaziyatda hech kimga kechirimlilik qilinmaydi. Balki, kim bo‘lishidan qat’iy nazar huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir qilsa unga albatta qonun va o‘rnatilgan tartibning eng og‘ir jazosi qo‘llaniladi», dedi u.
S.Berdialiyevga ko‘ra, joriy yilning 15-aprel holatiga karantin qoidalariga amal qilmaslik bo‘yicha 63.882 ta huquqbuzarliklar aniqlandi. Huquqbuzarlarning 58.901 nafari erkaklar, 4.981 nafari ayollardir.
Huquqbuzarlarning 60.628 nafari «tibbiy niqob taqmasdan yurish», 401 nafari «karantin hududini tashlab ketish», 220 nafari «vaqtinchalik to‘xtatilgan savdo faoliyatini davom ettirish», 29 nafari «marosim yoki yig‘inlar o‘tkazish», 10 nafari «ijtimoiy tarmoqlarda vahima chiqaruvchi yoki asossiz ma’lumotlar tarqatish» va 2594 nafari boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishgan.
Karantin e’lon qilingan kundan boshlab 20 nafar fuqarolarimiz belgilangan tartibni qo‘pol ravishda buzganligi uchun jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ularning aksariyati qamoqqa olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter