Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hech qachon jahli chiqmagan odam

Hech qachon jahli chiqmagan odam

Kamina bilgan barcha odamlar orasida Tomas Edison meni hammadan ko‘proq qiziqtirgan. U, shubhasiz, fan sohasida mislsiz muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Vaholanki, Edisonning yetarli darajada ta’lim olmagan edi.

Edison men bilgan odamlar orasida eng vazmin kishi ham edi. Hech qachon hech narsa uning achchig‘ini chiqara olmagan. Edison qo‘rquv nimaligini aslo bilmagan. U hech qachon hech kim va hech narsa to‘g‘risida zarracha afsuslanmas edi. O‘zini buyuk odam deb hisoblamas, ko‘ngli halimlik bilan to‘lib-toshgan va shuning o‘ziyoq bu insonga buyuklik baxsh etib turardi.

Bir kuni Edison bilan muvaffaqiyatsizliklar to‘g‘risida uzoq gaplashdik va u cho‘g‘lanma lampalariga kengroq to‘xtaldi. Aniqrog‘i, omadsiz tajribalari haqida batafsil gapirib berdi.

─ Uning sirini yecha olmaganingizda nima qlgan bo‘lardingiz? ─ deb so‘radim men.

Edison ko‘zlarida quvonch uchqunlarini sachratib javob berdi:

─ Hozir siz bilan gaplashishga vaqtimni o‘tkazib o‘tirgandan ko‘ra, laboratoriyamda ishlagan bo‘lardim.

Bu olim omadsizlik degan tushunchani mutlaqo bilmagan.

Men o‘rta yoshli kishi umidsizlikka tushishi va barchasiga qo‘l siltab ketishi uchun nechta muvaffaqiyatsizlikka chidashi mumkinligini bilmoqchi bo‘ldim. Insonning muvaffaqiyatsizlik va mag‘lubiyat qarshisida qanchalik matonat bilan turishini aniqlash maqsadida maxsus tadqiqotlar o‘tkazdim.

Ko‘pchilik odamlar ilk muvaffaqiyatsizlikka uchragach, boshqa urinib o‘tirmay, ishdan voz kechgan bo‘lib chiqdi. Juda kamdan-kam kishi ikkinchi marta uringan. Ammo aksariyat odamlar muvaffaqiyatsizlikni kutib, hali omadsizlik ularni qamrab olmasdan turib, ortga chekinganlar. Ammo bu guruhga Genri Ford ham, Tomas Edison ham mansub emasligini aytib o‘tirish ortiqcha bo‘lsa kerak.

Men inson o‘zi sohasida muvaffaqiyatga erishishining ikkita omilini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Omadli odamlar maqsadga ro‘yobga chiqarishga kirishar ekan, vaqtdan foydalanish to‘g‘risida gapiradilar. Omadsizlar esa nuqul o‘zlarining o‘tmishdagi mag‘lubiyatlari hamda tushkunlik, umidsizliklari xususida hikoya qiladilar.

Yana bir muhim omil borki, uni alohida qayd etish zarur. Muvaffaqiyat qozongan kishilar xuddi o‘zlari kabi muvaffaqiyatga erishgan kishilarni maqtab tilga oladilar. Ko‘rolmaslik va qasos olishga urinish ─ ko‘ngilni aynitadigan so‘zlar, xolos. Yanada yomoni, bunday tuyg‘ularga beriladigan inson fe’l-atvori tufayli hasad qilaveradi. Agar siz tafakkur eshiklaringiz bu kabi hissiyotlarga butunlay berk bo‘lishini, qalbingizda xotirjamlik, aqlingizga tinchlik hukm surishini istasangiz, ko‘ngilni keng qilishingiz lozim.

Sizni bezovta qiluvchi qo‘rquv, qahr-g‘azab, og‘riq, ko‘rolmaslik, ochko‘zlik va hammasiga ega bo‘lish kabi barcha illatlar oldida eshikni mahkam berkitishingiz kerak. Agar eplay olmasangiz, xotirjamlikdan mahrum bo‘lasiz.

Bordi-yu sizni kimdir ranjitgan bo‘lsa, botiningizda kuch-quvvat va buyuklik, iste’dod nishonalari borligini bilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Kechiring va ranj-alamni unuting. Aks holda, siz aziyat bergan odamdan qasos olish imkoniyatiga ega bo‘lsaiz. Bordi-yu ikkinchi yo‘lni tanlasangiz, eng muvaffaqiyatsiz yondashuvingiz shu bo‘ladi, ishonavering! Chunki muvaffaqiyat hech qachon qasoskor odamlarga yaqin kelmaydi. Intiqom xuddi bumerangga o‘xshaydi: uni kim vujudga keltirgan bo‘lsa, aynan o‘ziga qaytib keladi.

Qahr-g‘azab yoki ranj-alamingizni yopiq eshiklar ortiga uloqtiring. Yodingizda bo‘lsin: agar buni paysalga solsangiz, amalga oshirishni istamasangiz, hech kim sizning hissiy tuyg‘ularingiz bilan qasos yoki ranj-alam qo‘llay olmaydi.

Sizning aqlingiz holati ─ bu shunday narsaki, uni to‘la-to‘kis nazoart qilishingiz mumkin. Siz qachonki eshikni yopish borasidagi g‘oyani o‘zlashtirsangiz, istalgan maqsadni ko‘lga kiritish uchun o‘z aqlingizni qanchalik moslashingiz mumkinligini anglab, hayratga tushasiz. Qahr-g‘azab qo‘zg‘ovchi, shunga qodir bo‘lgan odamlarning xatti-harakati hamda hayotiy vaziyatlarni nazoratga olib bo‘lmaydi. Ammo siz bu xatti-harakat hamda vaziyatlarga nisbatan munosabatingizni nazorat qila olasiz.

Sizning tafakkuringiz, bu ─ shaxsiy mulkingiz. Siz uning hayotdagi har qanday vaziyatiga nisbatan munosabati ustidan nazorat o‘rnata olasiz. Shunday ekan, o‘z aqlingiz eshiklarini yopishni o‘rganing, undagi salbiy munosabatlarni esa qalbingiz xotirjamlik, farovonlik istashini aytib, uloqtirib tashlang.

(Napoleon Xill qitobidan)

 

 

 

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring