Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hisorak» suv ombori atrofida nima gap?

«Hisorak» suv ombori atrofida nima gap?

«Hisorak» suv ombori, 2024 yil 11 iyun.

Foto: Xabar.uz

10 iyun sanasida dastlab ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida joylashgan «Hisorak» suv omboridan suv otilib chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Natijada oddiy aholi orasida vahimaga tushish holatlari kuzatildi. 

Xabar.uz muxbiri bevosita Qashqadaryoga borib, suv ombori atrofidagi vaziyatni o‘rgandi. 

Muxbirimiz xabariga ko‘ra, inshoot atrofidagi vaziyat barqaror. GES va sum ombori jamoasi odatiy shtat tartibida ishlamoqda. 

Foto: Xabar.uz

Shuningdek, suv ombori hududidagi dam olish zonasida ham hech qanday to‘siqlar yo‘q, aholi odatdagidek dam olishda davom etmoqda. Favqulodda holat e’lon qilinmagan, aholi harakatida to‘siqlar yo‘qligi aytildi. 

Aholi va transport xavfsizligini ta’minlash maqsadida hududda IIV xodimlari faoliyat olib bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, kecha dastlab FVV suv omboridagi vaziyat yuzasidan dastlabki axborotni taqdim etgandi. So‘ngra Shahrisabz tumani hokimi va Qashqadaryo viloyati FVB rahbari vaziyat barqaror ekani to‘g‘risida axborot berdi.

Bugun esa FVV rahbari Abdulla Qo‘ldoshev ham favqulodda holat kuzatilmayotganini yana bir ta’kidladi. 

Hisorak suv ombori nafaqat yirik gidrotexnika inshooti, balki tabiat maskani sanaladi.

Suv ombori Qashqadaryoning irmog‘i bo‘lgan Oqsuv daryosi o‘zanida barpo etilgan, Shahrisabz tumani, Miroqi shaharchasidan 1,5 km uzoqlikda joylashgan. 1983—88 yillarda qurilgan.

«Hisorak» suv ombori to‘g‘oni, 2024 yil 11 iyun. Foto: Xabar.uz

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring