Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlik Dehqonoboddagi ommaviy janjal bo‘yicha bayonot berdi

Hokimlik Dehqonoboddagi ommaviy janjal bo‘yicha bayonot berdi

Skrinshot.

Dehqonobodda ikki qishloq aholisi o‘rtasida janjal bo‘lgani haqida xabar berilgandi. 

Tuman hokimiligi ma’lumotiga ko‘ra, janjal ikki qishloq aholisi o‘rtasida emas, ikki korxona vakillari orasida sodir bo‘lgan.

Janjal «Nargiz-Sarvar» xususiy korxonasi ishchisi va Dehqonobod kavrakchilik klasteri xodimi o‘rtasida sodir bo‘lgan. Janjalga kovrak shirasini yig‘ib olish bo‘yicha berilgan kvotadagi anglashilmovchilik sabab bo‘lgan. Mazkur holat tuman IIB tomonidan o‘rganilib, qonuniy to‘xtamga kelish uchun dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi hokimlik xabarida.

Tumanda faoliyat yuritayotgan «Nargiz-Sarvar» xususiy korxonasiga tuman hokimining 2015-yil 4-fevraldagi qaroriga asosan «Kuhiston kovragi» o‘simligini ko‘paytirish va dorivor o‘simliklar yetishtirish maqsadida 450 gektar yer maydoni 42 yil muddatga ijaraga ajratib berilgan.

Bu haqda 2015-yil 26-may kuni ijara shartnomasi tuzilib tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi tomonidan yer maydonlari joyida o‘lchab, xaritalashtirilgan. Uzoq muddatli shartnoma Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi qarori asosida «Yermulkkadastr» DK tomonidan 2015-yil 26-may kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 dekabrdagi qaroriga asosan Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Kadastr va ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish integratsion axborot tizimi orqali 2021-yil 6-dekabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Prezidentning 2020-yil 2-sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi pillachilik va chorvachilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimining 2020-yil 2-oktyabrdagi «Tumandagi mavjud yaylov yer maydonlarini O‘zbekiston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining doimiy egaligiga o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilinib jami 177 ming 29 gektar yaylov yer maydonlari qo‘mita ixtiyoriga o‘tkazilgan va kovrakchilik klasteri tashkil etilgan.

Keyinchalik tumanda faoliyat yuritib kelayotgan «Nargiz-Sarvar» XK, «NURISLOM-SARDOR FAYZ» XK, «QUMPAYKAL MO‘JIZASI» XK, «BIG BIO IMPEX» MCHJ, «MUXAMMADIYOR RAXIMOV» XK, «PINNACLE WORLWIDE EXIM» MChJ larning sud organlariga qilgan da’vo arizalariga ko‘ra yuqorida qayd qilingan 6 ta sub’yektga ajratilgan jami 2826 gektar yer maydoni tegishli sud organlari qarorlariga asosan qo‘mita hisobidan qaytarib berilgan.

Ayni paytda holat Ekologiya qo‘mitasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi va tuman bo‘limi, tuman hokimligi, tuman prokuratura, adliya, tuman IIB, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman mehnat va bandlik bo‘limi, kadastr palatasining tuman filiali mas’ullari ishtirokida o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring