Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimning o‘g‘li hokim bo‘ldi

Hokimning o‘g‘li hokim bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Xalq deputatlari Baliqchi tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda «Davletov.uz» telegramm kanalida xabar berildi.

Sobiq hokim O‘tkirbek O‘ktambekovich Bektemirov sog‘lig‘i tufayli tuman hokimligi lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida yozgan arizasi qoniqtirildi. Uning o‘rniga hozirda Andijon viloyati hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgan Jasurbek Odiljonovich Abdurayimov tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

«Davletov.uz»ning aniqlik kiritishicha, J.Abdurayimovning otasi Odiljon Abdurayimov ham o‘z davrida Baliqchi tuman hokimi, keyinchalik Andijon viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring