Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hovli somonxonasida yuz bergan yong‘in sabab 7 yoshli qizaloq halok bo‘ldi

Hovli somonxonasida yuz bergan yong‘in sabab 7 yoshli qizaloq halok bo‘ldi

Foto: «Qalampir.uz»

Kecha, 8-avgust kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida yashovchi E.H.ning uyi hovlisida joylashgan somonxonasida yong‘in sodir bo‘lgan.  Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 18.30da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida somonxonaning 24 kv. metr maydoni yonib zarar ko‘rgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, yong‘inni o‘chirish vaqtida N.A.ning birga yashagan nabirasining kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring