Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hurmuzdagi eng yirik «mushaklar namoyishi» yoki...

Hurmuzdagi eng yirik «mushaklar namoyishi» yoki...

Foto: Getty Images

Rossiya prezidenti yordamchisi Nikolay Patrushev Rossiya, Xitoy va Eron bo‘lajak «Dengiz xavfsizligi kamari-2026» mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Hurmuz bo‘g‘oziga harbiy kemalarini yuborganini ma’lum qildi. Bu haqda The Caspian Post xabar berdi.

«Dengiz xavfsizligi kamari» mashg‘ulotlari 2019-yildan beri Eron boshchiligida har yili o‘tkazib kelinadi.

Uch davlatning dengiz bo‘linmalari Hurmuz bo‘g‘ozida o‘zaro muvofiqlashtirish, taktik tayyorgarlik va tezkor chora ko‘rish qobiliyatlarini baholash uchun turli kemalar va tezkor texnikalardan foydalanishi kutilmoqda.

OSINTdefender kanali yozishicha, Rossiyaning «Stoykiy» korveti harbiy-dengiz mashg‘ulotlari arafasida Eronning Bandar-Abbos portiga yetib kelgan.

Ma’lumot uchun: ayni paytda AQShning Abraham Lincoln aviatashuvchisi Yaqin Sharqqa yetib kelgan, Gerald Ford aviatashuvchisi ham Karib dengizini tark etib, shu tomonga yo‘l olgan. Shuning barobarida, Pentagon 24 soat ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq F-35, F-22 va F-16 qiruvchi samolyotlarini jo‘natgan. Bu harbiy kuchlarning ko‘chirilishi AQSh va Eron o‘rtasidagi yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar fonida yuz bermoqda.

Bir tomondan, AQSh mintaqada ulkan dengiz va havo kuchlarini joylashtirmoqda, ikkinchi tomondan, Eron-Rossiya-Xitoy uchligi qo‘shma mashg‘ulotlarga hozirlanmoqda: yilning eng yirik «mushaklar namoyishi» — Hurmuzda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring