Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIV xodimlari koronavirus qurboni bo‘lishdi. SSV buni uch kun o‘tib tasdiqladi

IIV xodimlari koronavirus qurboni bo‘lishdi. SSV buni uch kun o‘tib tasdiqladi

Bugun mahalliy OAVlarda IIV podpolkovnigi va Toshkent shahar IIBB mayori koronavirus oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holatlarni rasman qayd etdi.

Olmazor tumanida yashovchi 36 yoshli Sh.A. (Toshkent shahar IIBB mayori) tana harorati ko‘tarilishi, umumiy holsizlik sababli Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot bo‘limi poliklinikasiga murojaat qilgan.

Shundan so‘ng «COVID-19» infeksiyasiga namuna topshirgan va 13-iyul kuni kasallik  tasdiqlangan.

Bemor Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot bo‘limi poliklinikasi tomonidan tibbiy kuzatuvda bo‘lgan.

So‘nggi kunlarda bemorning tana harorati tushmagan. U o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan, deyiladi SSV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari mayor A’loxon Shamahmudovning vafoti munosabati bilan 13-iyul kuni (!) ta’ziya bildirgandi.

SSV matbuot xizmati, shuningdek, Toshkent tumanilik  48 yoshli Sh.N. (IIV podpolkovnigi) joriy yil 24-iyunda xizmat safari bilan Surxandaryo viloyatida bo‘lib, tana harorati ko‘tarilganligi va  holsizlik sabab  viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgani haqida ham xabar berdi.

Unda «SOVID- 19» infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat shifoxonasiga yotqizilgan. Bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgan.

Unga «SOVID- 19» infksiyasi va ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, surunkali bronxit tashxisi qo‘yilgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiyalar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shu yilning 14-iyul kuni uning ahvoli keskin og‘irlashgan. Reanimatsiya bo‘limi shifokorlarining muolajalariga qaramasdan bemor bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring