Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki ayol olim oliy mukofotga ega chiqdi. Qanday ishi uchun?

Ikki ayol olim oliy mukofotga ega chiqdi. Qanday ishi uchun?

Foto: REUTERS

Bugun, 7-oktyabr kuni Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi kimyo bo‘yicha Nobel mukofotini Emmanuel Sharpante (Maks Plank Patogenlar ilmiy birlashmasi, Berlin, Germaniya) va Jennifer Dudna (Kaliforniya universiteti, Berkli, AQSh) larga «Genomni tahrirlash usulini ishlab chiqish uchun» berishga qaror qildi.

Emmanuel Sharpante va Jennifer Dudna gen texnologiyasining eng o‘tkir vositalaridan birini — «CRISPR /Cas9» genetik qaychisini topdilar. Ulardan foydalanib, tadqiqotchilar hayvonlar, o‘simliklar va mikroorganizmlarning DNKlarini o‘ta yuqori aniqlikda o‘zgartirishi mumkin. Ushbu texnologiya ayrim fanlarga inqilobiy ta’sir ko‘rsatdi, saraton kasalligining yangi davolash usullarini kashf qilishga yordam beradi. Eng asosiysi, irsiy kasalliklarni davolash orzusini ro‘yobga chiqarishi mumkin.

Bungacha tibbiyot va fizika sohasida Nobel mukofati o‘z egalarini topgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring