Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internet to‘xtaydimi? 11-oktyabrga uch kun qoldi...

Internet to‘xtaydimi? 11-oktyabrga uch kun qoldi...

Foto: «Twitter»

Yana uch kundan keyin global internet tarmog‘ida to‘xtalishlar bo‘lishi mumkin. «BirminghamLive» xabar berishicha, bu texnik hodisa 11-oktyabrda yoki shundan ikki kun o‘tib sodir bo‘lishi kutilyapti.

Gap shundaki, Domen nomlari va IP-manzillarni boshqaruvchi korporatsiya (ICANN) 11-oktyabrdan internetdagi ildiz domenlar tizimini himoyalovchi kriptografik kalitlarni almashtirishni boshlashga jiddiy va qizg‘in hozirlik ko‘ryapti.

Muammo bilan yuzma-yuz

Yangi kalitlarga o‘tish payti (bu jarayon «KSK Rollover» deb atalarkan) ayrimlarda internetga ulanishda muammolar kuzatilib, serverlar ishlamay qolishi ehtimolga yaqin. Misol uchun, siz brauzerning manzil qatoriga nomni kiritsangiz-u sayt ochilmasa, bilingki, biz aytgan muammo bilan yuzma-yuz kelib turibsiz...

Tarmoqqa ulanish muammosi 11-oktyabrdan yoki oradan 48 soat o‘tib (chunki ko‘plab serverlar so‘rovlarning keshlangan versiyalarini oxirgi muvaffaqiyatli urinishdan so‘ng ikki kungacha saqlaydi) boshlanishi ehtimoli bor.

«Ildiz domenlar»

«Ildiz domenlar» — siz brauzerga kiritadigan internet-manzilning oxirgi bo‘lagi. Ular dunyoning turli burchaklaridagi turli kompaniyalar tomonidan boshqariladi. Masalan, ulardan eng mashhuri «VeriSign» kompaniyasi boshqarayotgan .com domeni. Britaniya domeni — .uk ni esa «Nominet» kompaniyasi boshqaradi.

Qulflarni almashtirish

Eski kalit «KSK-2010» deb atalardi, uning o‘rniga «KSK-2017» keladi. 11-oktyabrdan so‘ng «KSK-2010» ishlamaydi. Bu o‘zgarishni eshik qulflarini yangisiga almashtirishga qiyoslash mumkin.

Almashtirishdan maqsad nima?

Kriptografik kalitlar kiberfiribgarlarga to‘siq qo‘yish uchun joriy etilmoqda. Chunki nazariy jihatdan kuchli kompyuterlar, agar vaqt yetarlicha bo‘lsa, kodni topishi mumkin ekan.

Yaxshi xabar shuki, mutaxassislarning ishontirishicha, aksariyat foydalanuvchilar internetda «global profilaktika» o‘tkazilganini hatto sezmay ham qolisharkan.

Shunisiga umid qilamiz!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring