Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iroq bilan «jang»da O‘zbekiston yarim finalga chiqdi

Iroq bilan «jang»da O‘zbekiston yarim finalga chiqdi

To‘rt taym davomida bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan Temur Kopadze jamoasi iroda ko‘rsatib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi.

Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi—2022 musobaqasining 1/4 finali doirasida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Iroq bilan bahs olib bordi.

Juda asabiy tarzda boshlangan bahning 19-daqiqasida Abduvohid Ne’matov raqib futbolchilarining provokatsiyasiga uchdi va jamoasini juda qiyin ahvolga solib qo‘ydi.

VARni ko‘rgan hakam Ne’matovga qizil kartochka beribgina qolmay, 11 metrlik jarima ham belgiladi. Iroq shu tarzda hisobda oldinga o‘tib oldi.

Minglab muxlislari ko‘z o‘ngida futbolchilarimiz haqiqiy matonat ko‘rsata boshlashdi. Nafaqat hisob tenglashtirildi, ikkinchi bo‘limda oldinga ham o‘tib oldik.

68-daqiqaga kelib, Iroq muvozanatni tikladi — 2:2. Ushbu hisob qo‘shimcha taymlarda ham o‘zgarmadi. 

Penaltilar seriyasida O‘zbekiston U-23 jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi yoshlarimiz yarim finalda Janubiy Koreya va Yaponiya uchrashuvi g‘olibi bilan bahs olib boradi.

O‘zbekiston U-23 — Iroq U-23 2:2

Gollar: 0:1 — 19 Ramazon Juma, 1:1 — 45+5 Jaloliddinov, 2:1 — 50 Ammar Alsavad (avtogol), 2:2 — 68 G‘olib Falih.

Penaltilar seriyasi — 3:2.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring