Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroilda misli ko‘rilmagan darajada katta namoyish: hukumat nima qiladi?

Isroilda misli ko‘rilmagan darajada katta namoyish: hukumat nima qiladi?

Tel-Avivda Isroil hukumatidan HAMASni garovga olganlarni ozod qilish choralarini ko‘rish talabi bilan yana bir bor norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tashkilotchilarga ko‘ra, mitingga 500 mingga yaqin odam kelgan. The Times of Israel nashrining yozishicha, bu uni mamlakat tarixidagi eng yirik mitingga aylantiradi.

Namoyishchilar va huquq-tartibot idoralari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Politsiya namoyishchilarni «to‘polonlarni to‘xtatishga» chaqirdi. Besh namoyishchi hibsga olingan. Ular orasida voyaga yetmagani ham bor.

Bundan tashqari, Quddus, Hayfa va Kfar Saba shaharlarida o‘n minglab, boshqa qator shaharlarda esa minglab odamlar ko‘chalarga chiqdi. Kiryat Gat shahrida noyabr oyida asirlikdan ozod etilgan Adina Moshe mitingda so‘zga chiqdi. Uning fikricha, Isroil harbiylari garovga olinganlarni qutqara olmaydi, chunki HAMAS tunnellarga yaqinlashganda asirlarni o‘ldirishi mumkin. 

O‘tgan hafta Isroil G‘azo urushi boshlanganidan beri eng katta zarbani boshdan kechirdi. Mamlakatning eng yirik kasaba uyushmalari federatsiyasi Histadrut isroilliklarni ishni to‘xtatishga chaqirib, Benyamin Netanyaxu hukumatidan HAMAS bilan zudlik bilan kelishuvga erishish va garovga olinganlarning qaytarilishini ta’minlashni talab qildi.

Lekin Isroil hukumati G‘azoda o‘n minglab odamlarning umriga zomin bo‘lgan qonli urushning oxiri haqida hozircha gapirgani yo‘q. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring