Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil 1,8 million dollarlik vaksinani yo‘q qilmoqchi

Isroil 1,8 million dollarlik vaksinani yo‘q qilmoqchi

Foto: «Christian Charisius / dpa / Global Look Press»

Isroil umumiy qiymati 6 million shekelga (1,8 million dollar) teng bo‘lgan 80,000 dozadagi koronavirusga qarshi vaksinalarni yo‘q qiladi. Bu haqda Channel 12 telekanaliga asoslanib The Times of Israel xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, preparatning dozalari yaroqlilik muddati o‘tganligi sababli yo‘q qilinadi. Qaysi vaksina haqida gap ketayotgani noma’lum. Shu bilan birga, xabarlarga ko‘ra, mamlakatda Amerikaning Pfizer korporatsiyasi preparati qo‘llanilmoqda.

Isroilda keng miqyosli emlash kampaniyasi o‘tkazildi, jami aholining qariyb 57 foizi emlandi, qariyalar orasida bu ko‘rsatkich 90 foizga yetdi. Biroq koronavirusning «delta» shtammi aniqlanganidan beri mamlakatda kasallikning ko‘payishi kuzatilmoqda: yangi kasallanganlar soni kuniga 2000 kishidan oshmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring