Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil: «Bashar Asadni o‘ldirishimiz mumkin»

Isroil: «Bashar Asadni o‘ldirishimiz mumkin»

Foto:«Daily Star»

Isroil energiya vaziri Yuval Steynits agar Eron Suriya hududidan Isroilga hujum qilsa, Suriya prezidenti Bashar Asadni o‘ldirib, rejimni yo‘q qilishi mumkinligini aytgan. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

«Reyters» axborot agentligining xabariga ko‘ra, Isroil hanuz Suriyaga mudoxala qilmagan. Biroq Eron Isroilga hujum uyushtirsa, Asad rejimi yo‘q qilinadi.

Mahalliy sayt – «Yne»ga intervyu bergan Steynits: «Isroil shu paytgacha Suriyadagi ichki urushga aralashmagan. Agar Bashar Asad Suriya hududida Eron uchun harbiy operatsiya o‘tkazishga ruxsat bersa, biz ham Asad rejimini to‘ntaramiz», – degan.

So‘nggi kunlarda Eron va Isroil o‘rtasidagi vaziyat tang ahvolda qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring