Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Qatar poytaxtiga zarba berdi

Isroil Qatar poytaxtiga zarba berdi

Isroil havo kuchlari tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida Qatar poytaxti Dohada bir qator kuchli portlashlar sodir bo‘ldi.

Sabrien News xabariga ko‘ra, hujum nishoni Falastinning HAMAS harakatining bosh qarorgohi bo‘lgan. Qatar poytaxtida 10 dan ortiq portlash ovozi eshitildi. 

Tel-Aviv zarbalar faktini tasdiqladi. Operatsiya Isroil mudofaa kuchlari va umumiy xavfsizlik xizmati (Shabaq) tomonidan amalga oshirildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, hujum XAMASning yuqori rahbariyatiga qaratilgan, aniq nishonlar aytilmagan. 

Isroildagi yadroviy inshootlar ustidan uchuvchisiz samolyotlar tahdidi e’lon qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq HAMAS G‘azo bo‘yisa muzokaralarga tayyorligini bildirgandi. Isroil esa urushni kuchaytirmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring