Isroil Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Isroil tomoni HAMAS vakillarini Moskvaga borgani munosabati bilan Rossiyaga keskin norozilik bildirdi.
Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining HAMASni qoralovchi rezolyusiyasiga veto qo‘yganidan bir kun o‘tib, harbiy guruh delegatsiyasi Moskvaga borgan.
«Isroil XAMASning yuqori martabali mulozimlarini Moskvaga taklif qilishni terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi va XAMAS terrorchilarining vahshiyliklarini qonuniylashtiradigan nomaqbul qadam deb hisoblaydi», deydi Isroil Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lior Hayat.
Isroilning Rossiyaga nisbatan ommaviy tanqidi kam uchraydi, deya qayd etadi nashr.
Eslatib o‘tamiz, bugun HAMAS vakillari Rossiyaga borgani haqida xabarlar e’lon qilindi. Rossiya TIVga ko‘ra, tomonlar asir olingan rus fuqarolari va shunga o‘xshash masalalarni muhokama qilishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter