Isroilda havo hujumini qaytaruvchi raketalar tugamoqda — OAV
Isroilda havo hujumini qaytaruvchi raketalar tugamoqda.
Semafor nashrining AQSh rasmiylariga asoslanib xabar berishicha, bu hafta Isroil Vashingtonni Eron va uning ittifoqchilari hujumlaridan himoya qilish uchun to‘xtatuvchi raketalarning jiddiy yetishmovchiligi haqida xabardor qildi.
Nashr manbalarining ta’kidlashicha, Isroil Eronga qarshi qurolli mojaroga cheklangan to‘xtatuvchi raketa zaxirasi bilan kirgan. Ularning aytishicha, armiya o‘tgan yozda Eron bilan to‘qnashuvlar paytida raketalarining katta qismini sarflagan.
Biroq, Oq uy bu yetishmovchilikdan hayratda qolmadi:«Bu biz kutgan va oldindan ko‘rgan narsa edi», dedi AQSh rasmiylaridan biri nashrga.
Semaforʼning manbasiga ko‘ra, AQSh to‘xtatuvchi raketalarning yetishmasligini boshdan kechirmayapti va Vashington Yaqin Sharqdagi inshootlarini himoya qila oladi. Biroq, AQSh raketalarni Isroilga sotadimi yoki topshiradimi, hali ham noma’lum, chunki bu uning o‘z arsenaliga putur yetkazishi mumkin.
Isroil hujumlardan himoyalanishning boshqa usullariga ham ega - masalan, uning qurolli kuchlari qiruvchi samolyotlardan foydalanishi mumkin. Biroq, to‘xtatuvchi raketalar uzoq masofali o‘q otishlarga qarshi eng samarali vositadir.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter