Istanbul meri Imomog‘luga yangi ayblov qo‘yildi
Turkiya sudi muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi (CHP) yetakchisi Istanbul meri Ekrem Imomog‘luni yana bir hibsga olish orderini chiqardi. Turkiyaning Anadolu axborot agentligi xabar berishicha, u "siyosiy josuslik"da gumon qilinmoqda. Imomog‘lu esa barcha ayblovlarni rad etadi.
Istanbul sudi Imomog‘lu bilan birga Tele1 yangiliklar kanalining bosh muharriri Merdan Yanardag va merning maslahatchisi va saylovoldi tashviqoti menejeri Necati O‘zkanni ham hibsga oldi.
Sud qaroriga ko‘ra, Ekrem Imomog‘lu va Necati O‘zkan 2019 yilgi saylovlarda firibgarlik yo‘li bilan ustunlikka erishishni rejalashtirishgan. Ular ijtimoiy tarmoqlar va saylovchilarning ichki elektron pochtalariga kirishga urinishgan, natijada ma’lumotlar sizib chiqqan. Prokurorlarning so‘zlariga ko‘ra, ular fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini xorijiy razvedka agentliklariga o‘tkazgan.
"Sozcu" gazetasining xabar berishicha, sud qarori iyul oyida josuslik ayblovlari bilan hibsga olingan Husayn G‘unning ko‘rsatmalari bilan tasdiqlangan. U terroristik tashkilotlarni moliyalashtirishda ayblangan. Sud hujjatlari uning Necati O‘zkan bilan aloqalarni saqlab qolganligini ko‘rsatadi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Merdan Yanardag "Gun" qo‘l ostida Tele1 bosh muharriri bo‘lgan va kanal faoliyatini o‘z manfaatlariga mos ravishda shakllantirgan.
Ekrem Imomog‘lu shu yilning mart oyida hibsga olingan. Iyul oyida u davlat amaldorini haqorat qilishda ayblanib, bir yilu sakkiz oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. Imomog‘luga qarshi korrupsiya ishi ham qo‘zg‘atilgan. Mart oyidan beri Turkiyada taxminan 500 kishi hibsga olingan, ularning aksariyati CHP a’zolari, jumladan, Istanbul, Antaliya, Bursa, Chanoqqal’a, Giresun va Trabzon shaharlari hokimlari va shahar amaldorlaridir.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter