Iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish sexi fosh qilindi
Qashqadaryo viloyatida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish sexi fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro S.G‘. «Chiyal» MFY hududidagi xonadonida qo‘lbola usulda yasalgan moy juvoz uskunasida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan 13 tonna zig‘ir, 667 kg chigit, 569 kg kunjara, 104 kg iste’molga yaroqsiz yog‘, 177 dona yelim idishlar va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter