Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistondagi startaplarga 100 ming dollargacha sarmoya ajratiladi. IT-Parkda birinchi venchur jamg‘armasi ochildi

O‘zbekistondagi startaplarga 100 ming dollargacha sarmoya ajratiladi. IT-Parkda birinchi venchur jamg‘armasi ochildi

Foto: «Xabar.uz»

2019-yil 25-sentyabr kuni «ICT WEEK 2019» doirasida bo‘lib o‘tgan «Digital Uzbekistan» forumida O‘zbekiston Respublikasida birinchi venchur jamg‘armaning tashkil etilishi haqida e’lon qilindi.

IT-Parkning asosiy vazifalari va yo‘nalishlaridan biri – bu axborot texnologiyalari sohasidagi boshlang‘ich va kichik korxonalarga startap loyihalarni amalga oshirishda venchur moliyalashtirish asosida ko‘maklashish hisoblanadi.

«Biz qanchalik startap ekotizimini rivojlantirishga harakat qilmaylik, IT-loyihalar qo‘shimcha moliyalashtirishlarsiz to‘liq amalga oshmay qolaveradi. Shu munosabat bilan, biz bu borada manfaatdor tomonlar: ham davlat, ham xususiy sektor vakillari va xalqaro ekspertlar bilan ko‘p marotaba aloqa qildik va venchur jamg‘armani yaratmasdan turib, IT sohasini to‘laqonli jadal rivojlantirish mumkin emas degan xulosaga keldik. Shuning uchun biz istiqbolli startap loyihalarni rivojlantirishning mantiqiy zanjirini to‘ldiradigan birinchi venchur kapital jamg‘armasini yaratish tashabbusini ilgari surdik», – deb ma’lum qildi IT-Park direktori Farhod Ibragimov.

Jamg‘arma axborot texnologiyalari sohasidagi venchur loyihalarga sarmoya kiritadi.

Venchur jamg‘armaning maqsadli hajmi 10 million dollarni tashkil etadi va uning ishtirokchilari: davlat jamg‘armalari, xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy investitsiya kompaniyalari va manfaatdor xususiy investorlar bo‘ladi.

IT-startaplarga sarmoyani yo‘naltirish oralig‘i g‘oyaning paydo bo‘lish bosqichidan (pre-seed stage) rivojlanish bosqichigacha (early growth stage) bo‘lgan jarayonni qamrab oladi. Har bir loyiha bo‘yicha o‘rtacha investitsiya startap loyihalarning rivojlanish bosqichlariga qarab 25 mingdan 100 ming dollargacha sarmoyani tashkil etadi.

Jamg‘armaning manfaatdor doirasi ArgoTech, «E-Gov»dan tortib, MedTech, E-commerce, IoT va boshqalarga qadar real iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab oladi. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, investitsiya qilinadigan loyihalarini ko‘rib chiqadi.

Investitsion xatarlardan himoya qilish uchun venchur jamg‘armani IT-startap loyihalariga 1+1 (matching) formatidagi qo‘shma investitsiya mexanizmidan foydalangan holda, ya’ni maqsadli loyihada to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy yoki korporativ sheriklar bo‘lganda sarmoya kiritadi.

Hozirgi kunda «IT Park Venture Fund» QazTech Ventures (Qozog‘iston), Sturgeon Capital (Buyuk Britaniya), Astron Fund Advisors (O‘zbekiston), RB Partners (Rossiya), Aleinikov and Partners (Belarus) va Global Venture Alliance (AQSh) kabi xalqaro venchur o‘yinchilari bilan hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘ygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring