Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreyada kuchli yog‘inlar 32 kishining umriga zomin bo‘ldi

Janubiy Koreyada kuchli yog‘inlar 32 kishining umriga zomin bo‘ldi

Janubiy Koreyada kuchli yomg‘ir oqibatida 32 kishi qurbon bo‘ldi, deya xabar bermoqda Yonhap agentligi.

Falokatlarni boshqarish va xavfsizlik chora-tadbirlari bo‘yicha markaziy shtab ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan haftadan beri mamlakatda davom etayotgan kuchli yomg‘irlar natijasida 26 kishi halok bo‘lgan, yana o‘n kishi yesa bedarak yo‘qolgan.

Qutqaruvchilar Oson shahrida suv bosgan yer osti tunnelida qolib ketgan avtobusdan qo‘shimcha ravishda olti nafar jasadni olib chiqdi.

Dushanba kuni kechqurun Janubiy Koreya shaharlariga 100 millimetrdan ortiq yog‘in yog‘di, Dongjak-gu metropoliteni hududida bir soat ichida 141,5 mm yomg‘ir yog‘di, bu 1942 yildan beri eng ko‘p miqdor sanaladi.

Yomg‘ir tufayli temiryo‘l aloqasi uzilib, bir necha metro bekati suv ostida qolgan, 80 ta yo‘l uchastkasi to‘sib qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring