Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti qamoqda 32 yil o‘tiradi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xega tayinlangan 24 yillik qamoq jazosiga korrupsiyaga oid boshqa jinoyatlari uchun yana sakkiz yil qo‘shildi. Bu haqda «BBC» xabar bermoqda.
Seul sudi Pak Kin Xening muddatiga u mamlakat resurslarini o‘zlashtirgani va pora olgani uchun yana sakkiz yil qo‘shib berdi. Qo‘shimchasiga u 3,3 mlrd. von (taxminan 2,91 mln. dollar) jarima ham to‘laydi.
OAV ma’lumotlariga qaraganda sobiq prezident o‘zini aybdor deb hisoblamayapti. Uning aytishicha, bu yerda siyosiy o‘yinlar ketmoqda hamda sud tizimi i va ayblov masalaga xolis yondashmayapti.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 6-aprel kuni mamlakat sudi Pak Kin Xeni o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda, poraxo‘rlik va tovlamachilikda aybdor deb topib, unga 24 yil qamoq jazosi belgilagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter