Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JAR va Braziliya prezidentlari Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitiga bormaydi

JAR va Braziliya prezidentlari Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitiga bormaydi

Lula da Silva (chapda) va Siril Ramafosa.

Foto: UNIAN

Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa hamda Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva shu yilning iyunida Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan Ukrainada tinchlik sammitida qatnashmasliklarini ma’lum qilishdi.

Ramafosa 29-maydagi umumilliy saylovlardan keyingi konstitutsion jarayonlar bilan band bo‘ladi. Prezident Rossiya-Ukraina urushini to‘xtatishga qaratilgan konferensiyada ishtirok eta olmaydi, dedi JAR rahbarining rasmiy vakili Vinsent Magvenyu.

Lula esa «Shveysariyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Ukraina bo‘yicha sammitga bormaslikka qaror qilganini» ma’lum qildi. Qo‘shimcha qilinishicha, Lula uni «global janub» mamlakati vakili sifatida sammitga kelishini juda kutishganini tushunadi.

Eslatib o‘tamiz, 15–16-iyun kunlari Shveysariyada xalqaro konferensiya o‘tkazilib, unda Ukraina va boshqa qatnashchilar Kiyev va Moskva o‘rtasidagi nizoni tinchlik yo‘li bilan hal etish yo‘llarini muhokama qilishadi. Sammitga davlatlar va hukumatlar rahbarlari, yuqori mansabli shaxslar va diplomatlar darajasidagi 160 dan ortiq delegatsiyalar, jumladan, G7, G20, Yevropa Ittifoqi, Yevropa kengashi, YXHT, BRIKS, shuningdek, Vatikan taklif etilgan.

Ma’lumot uchun: JAR va Braziliya BRIKS a’zolari sanaladi (BRICS — Brazil, Russia, India, China, South Africa).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring