Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Noto‘g‘ri yozilgan jarimalar ustidan shikoyat yo‘llash xizmati ishga tushdi

Noto‘g‘ri yozilgan jarimalar ustidan shikoyat yo‘llash xizmati ishga tushdi

Endilikda yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq chiqarilgan qaror va xabarnomalar bo‘yicha e’tirozingizni ortiqcha ovoragarchiliksiz va hujjatlarsiz onlayn bildirishingiz mumkin.

Buning uchun my.gov.uz portaliga kirib (yoki mobil ilova orqali), «Yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan chiqarilgan qaror va yuboriladigan xabarnomalar yuzasidan murojaat yuborish» xizmati tanlanadi.

So‘ng e’tirozni asoslovchi ma’lumotlar kiritilib, yuborish tugmasi bosiladi.  

Mazkur xizmat hozircha sinov tariqasida ishlamoqda, 1 sentyabrdan to‘liq yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring