Jazirama tufayli O‘zbekistonda yo‘lovchi poyezdlar tezligi cheklanadi
![Jazirama tufayli O‘zbekistonda yo‘lovchi poyezdlar tezligi cheklanadi](https://xabar.uz/static/crop/6/7/920__95_671593691.jpg)
Yurtimizda kuzatilayotgan anomal issiq tufayli ba’zi temir yo‘l uchastkalarida yo‘lovchi poyezdlar tezligi cheklanadi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ rahbariyati shuni ma’lum qiladiki, Samarqand - Buxoro, Buxoro - Xiva kabi temir yo‘l uchastkalarida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchi poyezdlarning tezligiga cheklov belgilandi bunga sabab esa Respublikamizda kuzatilayotgan anomal issiqlik hisoblanadi.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ rahbariyati o‘z mijozlariga ko‘rsatilgan ishonch uchun minnadorchilik bildiradi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi», — deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter