Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onaning dafn marosimida o‘g‘il ham halok bo‘ldi

Onaning dafn marosimida o‘g‘il ham halok bo‘ldi

Foto: «Vesti.ru»

Indoneziyada onasini dafn etish uchun tobutni ko‘tarib ketayotgan o‘g‘il halok bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Sulavesi orolida o‘tkazilgan motam marosimida kishilar tobutni narvondan ko‘tarib chiqishayotgan edi. Shu payt narvon sinib ketib, odamlar yiqilib tushgan. Tobut esa marhumning o‘g‘lining boshiga tushgan.

O‘g‘il zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan. Lekin u yo‘lda jon bergan.

Tobutni ko‘tarib ketayotgan bir necha kishi jarohatlangan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring