Jizzaxda mudhish qotillik. O‘n to‘rt yoshli qizaloq bo‘g‘ib o‘ldirildi

Jizzax viloyatining Forish tumanida yashovchi, 1966-yilda tug‘ilgan B.Tojiyev IIBga murojaat qilib, 2018-yil 22-mart kuni 14 yoshli qizi D.Tojiboyeva uyidan qoramollarini boqish uchun chiqib ketib, bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida, 23-mart kuni shu mahalla hududida joylashgan tog‘ yon bag‘ridan D.Tojiboyevaning bo‘g‘ib o‘ldirilib, toshlar tagiga ko‘milgan holdagi jasadi topilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida qizning mahalladoshi, 1995-yilda tug‘ilgan T.Oltiyev uni bo‘g‘ib o‘ldirganligi aniqlangan.
Qotil qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter