Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jomboydagi gaz quyish shaxobchasida avtomobillar yonib ketdi

Jomboydagi gaz quyish shaxobchasida avtomobillar yonib ketdi

Videodan skrinshot

Jomboydagi gaz quyish shaxobchasida yuz bergan yong‘inda uchta avtomobil zararlandi.

Kecha, 10-avgust soat 22:00 da Samarqand viloyatining Jomboy tumani, «Shayman» MFY hududida joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shaxobchasi hududida avtomobillarda yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 22:15 da voqea joyiga yetib borgan, yong‘in soat 22:21 da qurshab olinib, soat 22:30 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida KIA Bongo, Damas va Gentra rusumli avtomobillar zararlangan.

Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar yo‘q. Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari chiqqan, deyiladi FVV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring