Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistik faoliyatga to‘sqinlik javobgarlikka sabab bo‘lishi Konstitutsiyada belgilab qo‘yilmoqda

Jurnalistik faoliyatga to‘sqinlik javobgarlikka sabab bo‘lishi Konstitutsiyada belgilab qo‘yilmoqda

Joriy yil 29-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Konstitutsiyaviy komissiya Matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan  konstitutsiyaviy islohotlarning borishi yuzasidan navbatdagi brifingda Konstitutsiyaning Ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistik faoliyatga oid 67-moddasi to‘ldirilayotgani ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 67-moddasida «Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, axborotdan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalarining va jurnalistlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ommaviy axborot vositalari o‘zlari taqdim etadigan axborotning to‘g‘riligi uchun javobgardir», degan yangi normani qo‘shimcha tarzda kiritish ko‘zda tutilyapti. 

Eslatib o‘tamiz, amaldagi Konstitutsiyaning 67-moddasiga ko‘ra, «ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi».

Brifingda, shuningdek, qonun loyihasining matni tayyor bo‘lishi bilan u deputatlar muhokamasiga kiritilishi, xalq vakillarining fikrlari e’tiborga olingan holda keyinchalik tayyor bo‘ladigan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi referendumga qo‘yilishi ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring