Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«K-Data» agentligi Toshkent shahridagi Inha universitetiga 500 ming dollarlik dasturni taqdim etdi

«K-Data» agentligi Toshkent shahridagi Inha universitetiga 500 ming dollarlik dasturni taqdim etdi

Foto: «Inha.uz»

Janubiy Koreyaning «Korea Data Agency» (K-Data) agentligi Toshkent shahridagi Inha universitetiga  ma’lumotlar bazasini monitoring qilish va tahlil qilish uchun qariyb 500 ming dollarlik dasturiy ta’minotni taqdim etdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh menejer Jun-xyun Li rahbarligidagi «K-Data» delegatsiyasi 2018-yilning 25-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida «K-Data» agentligi IUT ma’muriyatiga «Wise Intelligence» va «Exem» tomonidan ishlab chiqarilgan ma’lumotlar bazasini monitoring qilish va tahlil qilish bo‘yicha bepul litsenziyalarni taqdim etdi.

Koreya kompaniyalarining dasturiy ta’minotlari ma’lumotlar sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash uchun foydalaniladi.

Janubiy Koreya delegatsiyasi tashrifi doirasida IUTning birinchi prorektori Cho Vu Sug va «K-Data» agentligi Bosh menejeri Jun-xyun Li o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Hujjatga muvofiq, tomonlar ma’lumot sohasidagi talabalar va tadqiqotchilarning malakasi va ko‘nikmalarini birgalikda oshirishni mo‘ljallamoqda.

Shuningdek, IUT va «K-Data» agentligi ma’lumotlar sohasidagi qo‘shma tadqiqotlar va loyihalarni, shu jumladan ochiq ma’lumotlar, ma’lumotlarni tahlil qilish, ma’lumotlarni boshqarish, ma’lumotlar sifati va boshqalar kabi sohalarda amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Hamkorlik sohalaridan biri axborot sohasidagi bilim, tajriba va axborot almashish uchun turli konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring