Kasallanishlar soni nisbatan kamaydi
Kecha, 22-iyul kuni mamlakatimizda 498 holatda kasallik qayd etilgan (bir kun avval 567 kishida koronavirus aniqlangandi). Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Shundan 93 nafari Karantin muassasalarida, 405 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Surxondaryo viloyatida 1 nafardan, jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun jami 351 nafar bemor sog‘ayib, koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord natija qayd etildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 409 nafar bemordan 102 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter